O‘zbekiston | 10:51 / 31.01.2022
1846
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda fuqaroni 2000 dollar evaziga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan er-xotin ushlandi

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida fuqaroni ishga kiritib qo‘yish evaziga 2 000 AQSh dollari talab qilgan er-xotin ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Surxondaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda, Termiz mintaqaviy temiryo‘l uzeli harakat xavfsizligi noziri O‘.A. va turmush o‘rtog‘i D.T. fuqaro N.ga depo lokomotiv brigadalari dam olish uyi mudirasi vazifasiga tanishlari orqali ishga kiritib qo‘yganini aytib, evaziga undan 2 000 dollar talab qilgan. Shundan 1 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid