Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 510 mln so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dorilar va tamaki mahsulotlari aniqlandi
Toshkent tumanida yashovchi fuqaro fuqaro B.K.ning yashash xonadonida , umumiy qiymati 402 mln so‘mdan ziyod bo‘lgan 2248 dona biologik faol qo‘shimchalar noqonuniy saqlanib kelinayotganligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, Ohangaron tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ham fuqaro M.A. boshqaruvidagi “HYUNDAI PORTER II” rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechiriladi. Natijada, O‘zbekiston Respublikasining aksiz markasi bilan markalanmagan, umumiy qiymati 107 800 000 so‘mlik jami 4500 quti tamaki mahsulotlari hamda 2240 dona “Regapen 300 mg Capsule” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha mazkur tovarlar fuqaro Yo.J.ga tegishli bo‘lib chiqdi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
14:44 / 14.07.2026
Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanishda 11 kishi aybdor deb topildi
09:25 / 14.07.2026
Zangiotada soliqchi, Buvaydada muhandis pora bilan ushlandi
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026