“Respublika komissiyasi u yoki bu qarorni qabul qilişdan avval vaziyatni har tomonlama örganadi. Biz dastlab dunyodagi statistik raqamlarga e’tibor beraylik. Hozirga qadar röyxatga olingan bemorlar soni juda yuqori. Har kuni 3–3,5 mln kişida kasallik qayd etilyapti.

Lekin kuzatişlar davomida keyingi 20 kun içida kasallikni yuqtirganlar sonida kamayiş ham kuzatilyapti. Özbekistonda ham vaziyat ança barqarorlaşdi.

Hozir respublikada kuniga örtaça 1000ta bemor qayd etilayotgan bölsa ham, vaziyat birmunça yumşoq. Negaki, hozir şifoxonalarda yotgan bemorlarga nisbatan şifoxonalardan çiqarilayotgan bemorlar soni köp. Demak, hozir kasallik aksariyat holatda yengil keçmoqda.

Biz kuzatdik, pandemiyaning dastlabki davrida kasallik 85 foiz holatda yengil, 10 foiz holatda oğir va 5 foiz holatda öta oğir ötdi. Hozir esa kasallarning 98 foizida yengil keçmoqda. Demak, hozir bemorlar deyarli töliq holatda uy şaroitida davolanib, kasallikdan foriğ bölişmoqda. Mana şuning öziyoq imkoniyatlarning paydo bölayotganidan darak.

Qolaversa, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti şunday axborot tarqatdiki, u bilan jahondagi vaziyatga ham baho beriladi. Bu xabarda aytiladiki, deylik, bir joyda kasallaniş darajasi 1 foizdan yuqori böladigan bölsa, demak u yerda hali vaziyat beqaror. 1 foizdan kam bölganda esa, demak vaziyat barqaror.

Hozir Özbekistonda bu körsatkiç 0.8 foizni taşkil etyapti. Qolaversa, keyingi 1 hafta içida kasallik har kuni 50-60-100taga kamayib boryapti.

Şuningdek, dunyo davlatlari hozir karantin muddatini 14 kundan 7 kunga va hatto 5 kunga tuşiryapti. Ayrim joylarda karantin hatto bekor qilinyapti.

Şu nuqtayi nazardan, vaziyatni idrok qilib, Özbekistondagi vaziyatni töliq his qilgan holda, talaba, öquvçilarga şaroit yaratib beriş maqsadida va oflayn şaklda ularning bilim salohiyati oşişini hisobga olib, mana şunday qaror qabul qilindi”, – dedi Otabekov.

Uning qöşimça qilişiça, endilikda barça şu kasallik şaroitida yaşaşga könikib borişi zarur.

“Koronavirus kirib kelgan davrda biz bu kasallikni bir, ikki oylik deb öylardik. Mana, ikki yil ham ötib ketdi. Kim biladi, balki kasallik bir umrga kelgandir. Biz u bilan bir şaroitda yaşaşga örganişimiz kerak. Balki umrimizning oxirigaça bu kasallik bilan kuraşarmiz”, – dedi Nurmat Otabekov.