Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
Novosibirsk shahrida mushkul ahvolda qolgan ayol va uning farzandi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Toshkentga olib kelindi.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Rossiyaning Novosibirsk shahrida mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarning Toshkentga qaytishiga ko‘maklashdi.
Qayd etilishicha, Bosh konsulxona tomonidan O‘zbekiston fuqarosi M.T.ning Novosibirsk shahrida dunyoga kelgan qiz farzandi uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirishda zarur yordam ko‘rsatilgan.
«Barcha rasmiyatchiliklar qisqa muddatda hal etildi va zarur hujjatlar yurtdoshimizga topshirildi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ona va bola 23 aprel kuni Novosibirsk—Toshkent aviareysi bilan O‘zbekistonga sog‘-salomat qaytgan.
Avvalroq Novosibirsk shahrida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan bola va uning ota-onasi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:21
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
09:20
G7 sammiti: Rossiya nefti va gaziga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda
22:31 / 16.06.2026