Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizm va sport vaziriga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi
Prezident qaroriga ko‘ra, Shahrillo Mahmudov va Abdulla Aslonov O‘zbekiston turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Abdulla Aslonov 1984 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2014 yilda Samarqand davlat chet tillar instituti magistraturasini tamomlagan. Ko‘p yillar davomida A. Aslonov «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tizimida faoliyat yuritgan. 2020 yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining a’zosi hisoblanadi.
Shahrillo Mahmudov 1970 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. U 1992 yilda Buxoro davlat pedagogika institutini tamomlagan. 2013 yildan buyon O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Sh.Mahmudov 2002 yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni, 2016 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni hamda 2021 yilda «I darajali Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlangan.
O‘tkir Saidov va Avaz Karimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimlaridan ozod etildi.
Mavzuga oid
15:06 / 13.03.2026
Bir yilda turizm sohasidagi tashkilotlar soni 21 foizga ko‘paydi
10:18 / 11.03.2026
Poytaxtda turizm va madaniyat yo‘nalishiga yangi rahbar tayinlandi
14:27 / 27.02.2026
Surxondaryo turizmi yillik 1 mlrd dollarlik tushum berishi mumkin
11:55 / 20.02.2026