Jamiyat | 14:45 / 04.02.2022
9890
4 daqiqa o‘qiladi

"Qizimni berib qo‘ymay deb qo‘rqaman" – onalarning ko‘zlarini yoshlatgan dard

Oqqon degan og‘ir dard bilan olishayotgan navbatdagi qahramonlarimiz taqdiri albatta sizni befarq oldirmaydi, degan umiddamiz.

Qizimni berib qo‘ymay deb qo‘rqaman

Gulshoda bolaligidanoq sinovlarga, og‘riqlarga bardosh berishiga to‘g‘ri keldi. Uning azoblari onasi uchun ming chandon kuchliroq bo‘lgan, jonlantirish bo‘limida farzandining chalajon ahvolini ko‘rish, shifokorlardan najot kutish ota-onaning madorini quritgan.

“Ikki nafar qizim bor. Bundan avval bir nechta farzandlarimni yo‘qotganman. Qizimning ahvolini ko‘rib uniyam berib qo‘yamanmi degan qo‘rquv bosdi. Boladan qiynaldim judayam.

Kasallik aniqlangandan bir oy o‘tib bolam yura olmay qoldi. Jonlantirish bo‘limida bir oy qimirlamay yotdi: ko‘zi ochiq, ammo harakatsiz, gap-so‘zsiz. O‘zimdan o‘tganini o‘zim bilaman” deb yig‘laydi qizaloqning onasi Xurshida.

Gulshoda Hakimjonovaga oid ma’lumotlar:

O‘zkard: 8600 0610 5999 0100 onasi Xurshida Rajabova nomida

Humo: 9860 0101 3100 6784 onasi Xurshida Rajabova nomida

Ota-onaning jigari farzand bo‘larkan

Qashqadaryolik Gulbahor opa oqqon tashxisining og‘ir bosqichini boshdan o‘tkazmoqda. Bir nafar farzandi bilan yolg‘iz qolgan ayol uchun bu xastalik kutilmagan falokat bo‘ldi. Boquvchisiz qolgan ona-bolaning qayg‘usida yurgan bemorning otasi Tursunali Bahovaddinovning aytishicha, ularning uyi ham yo‘q. Ayni paytda ijarada yashashadi.

Ota bu yoshida bemor qizining dardi unga ham og‘ir bo‘lganini aytarkan: “Hech kim farzandini bu ahvolda ko‘rmasin. Ota-onaning jigari farzand bo‘larkan” deydi.

Gulbahor Bahovaddinovaga oid ma’lumotlar:

O‘zkard: 8600 0604 5355 2128 otasi Tursunali Bahovaddinov nomida

Viza: 4073 4200 1036 1743 otasi Tursunali Bahovaddinov nomida

Qanday dardga chalinganimni bilmagan edim...

Asl pahlavonlar yurti bo‘lgan Surxonning bo‘lajak polvoni bugun kasallik bilan kurashda g‘olib bo‘lishni istaydi. 18 yoshli Ramazon sportchi bo‘lish ishtiyoqida yurgan kezlarda uning raqibi oqqon bo‘ldi. To‘rt o‘g‘ilni voyaga yetkazib huzur-halovat istagan ota-ona uchun kenjatoylarining bu dardga chalinishi kutilmagan falokat kabi keldi.

“Oxirgi marta Navro‘z bayramida tosh ko‘tarib, musobaqada g‘olib bo‘ldim. Shundan keyin burnim qonab to‘xtamay qoldi. Qanday dardga chalinganimni o‘zim ham bilmagan edim. Odam o‘zini yo‘qotib qo‘yar ekan” deydi bemor yigit.

Ramazon Xolmo‘minovga oid ma’lumotlar:

O‘zkard: 8600 0604 0642 5349 Ramazon Xolmo‘minov nomida

O‘zkard: 8600 0610 1126 9072 Ramazon Xolmo‘minov nomida

Qaniydi tushim bo‘lsa...

Ominaxon ko‘rinishidan xasta emas – quvnoq, qiziquvchan, beg‘ubor qizaloq. Ammo onasining hikoyalaridan sezish mumkinki, uning boshdan kechirganlarini katta odamlar ham ko‘tarishi mushkul.

“Kasalxonaning jonlantirish bo‘limida har xil holatlarni ko‘rdim. Bemor bolalar ko‘z o‘ngimizdan “uchib” ketishardi. Qizimni yo‘qotishdan qo‘rqib tonggacha quchoqlab o‘tirardim. Qani endi tushim bo‘lsa-yu, uyg‘onib ketsam, deyman.

Usiz men bir kun, bir daqiqa ham yashay olmayman” deya yig‘laydi qizaloqning onasi.

Ominaxon Obidovaga oid ma’lumotlar:

O‘zkard: 8600 0417 2681 6417 onasi Gulnoza Musayeva nomida

Viza: 4073 4200 2178 8207 otasi Odiljon Musayev nomida

Mavzuga oid