Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: Rossiya Ukrainaga bostirib kirishga tayyorgarlikning yakuniy bosqichida turibdi
Foto: Getty Images
Rossiya hozircha Ukraina hududiga bostirib kirishga tayyor emas, ammo harbiy amaliyotga tayyorgarlikning final bosqichida turibdi. Bu haqda The New York Times ukrain qo‘mondonligidagi manbalariga asoslanib xabar bermoqda.
Ukraina qo‘mondonligidagi manbalar so‘nggi ikki haftada Qrimga 10 ming atrofidagi rossiyalik harbiy o‘tkazilgani va yarimorolda joylashgan bo‘linmalarning ayrimlari yuqori jangovar shay holatga keltirilganini qayd etishgan. Shuningdek, Qrimga Rossiya gvardiyasining bo‘linmasi yuborilganidan xavotir bildirilgan, ukrainalik harbiylarning hisoblashicha, bu bo‘linmadan egallangan hududlarni nazorat qilish uchun foydalanish ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin.
Nashr bilan suhbatda bo‘lgan tahlilchilar fikricha, Qrimning Ukraina bilan chegaraga yaqin hududida harbiy amaliyotga tayyorgarlik ko‘rilmoqda — gospitallar va aloqa tizimlarini joylashtirish, radioelektron vositalariga qarshi choralar ko‘rish, aviatsiya va qo‘shimcha harbiy qismlarni ko‘chirib o‘tkazish kabi.
Ekspertlarning baholariga ko‘ra, Rossiya harbiy amaliyotga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini yakunlash uchun bir necha hafta sarflaydi. Ular Rossiya chegarada yetarli miqdorda harbiy to‘plagani, ammo hozircha ta’minot liniyalari va boshqa infratuzilmalar tayyor emasligini ma’lum qilishgan.
Shu bilan birga, nashrning Ukraina qo‘mondonligidagi manbalari ham, ekspertlar ham Rossiya harbiylarini Ukraina bilan chegarada joylashtirish orqali aynan qanday maqsadlarni ko‘zlayotgani hanuz noaniq ekanini ta’kidlashgan.

- G‘arb siyosatchilari va OAV bir necha oydan buyon Rossiya Ukraina bilan chegara hududida qo‘shin to‘playotgani haqida aytib kelmoqda, ularning fikricha, bu bosqinga tayyorgarlikdan darak beradi. Ukrainaga hujum qilingudek bo‘lsa, G‘arb Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etishni va’da qilgan.
- Rossiya hukumati Ukrainaga hujum qilmasligini bildirib, chegara yaqinida harbiy bo‘linmalar joylashtirilishini mashg‘ulotlar bilan izohlagan.
Mavzuga oid
10:34 / 19.04.2026
Ukraina dronlari Rossiya neft sanoatiga hujumlarni davom ettirmoqda
20:49 / 18.04.2026
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ukraina tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
09:15 / 18.04.2026
Zelenskiy Minskka keskin signal yo‘lladi
16:47 / 16.04.2026