Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda fuqarolar nomiga kredit olib o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Baxmal tumanida yashovchi shaxs ikki nafar fuqaroning nomiga onlayn kredit olib, o‘zlashtirib yuborgan.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Baxmal tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, fuqaro S.D. fuqarolar J.T. va Sh.J.ning ishonchiga kirib, ularning nomiga yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etgan.
So‘ng hududdagi tijorat banki filialidan hisobraqamini ochib, bank “mobile” ilovasi orqali 101 million so‘m onlayn kredit olishga erishib, ushbu kredit mablag‘ini o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:12 / 18.06.2026
Prezident yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy etish muhimligini ta’kidladi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
13:52 / 11.06.2026
Jizzaxda attraksion halokati: 4 kishi jarohatlandi
12:29 / 06.06.2026