O‘zbekiston | 12:06 / 07.02.2022
32393
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hududiga juda iliq havo kirib kelishi kutilmoqda - «O‘zgidromet»

Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havoni antitsiklon periferiyasi belgilaydi. Respublika bo‘yicha biroz yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi kuchsiz yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli bor. Havo harorati 2-7 daraja iliqni tashkil etadi.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ertaga respublika hududiga Kavkaz hududlaridan salqin va nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, shimolda va tog‘li hududlarda qor yog‘adi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kamroq. Havo harorati 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq o‘rtasida, kunduzi 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

9 fevralda Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Kechasi kuchsiz sovuqlar saqlanib turadi, kunduzi esa havo harorati 7-10 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tarila boshlaydi.

Hafta o‘rtasidan respublika bo‘yicha ob-havo o‘zgaradi, hududlarga Eron hududlaridan juda iliq havo kirib keladi. O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tariladi va me’yoriy qiymatlardan yuqori bo‘ladi, hafta oxiriga borib kunduzgi havo harorati 12-15 daraja iliqqacha, janubda 18-20 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Haftaning katta qismida kechasi va ertalab tuman kuzatiladi. 7-8 fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Mavzuga oid