Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyatida fuqaroni o‘qishga kiritish uchun 700 dollar olgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Koson tumanida fuqaroni tibbiyot kollejiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxsga Jinoyat kodeksining uchta moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Koson tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro F.R. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Muborak tibbiyot kollejiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 700 dollar olgani aniqlangan, Tekshiruv davomida F.R. 700 dollarni qaytargani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:35 / 08.07.2026
Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026