Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada avtomobilni soatiga 417 km tezlikda boshqargan haydovchiga nisbatan surishtiruv boshlandi
Avtomobil Berlin-Magdeburg magistralida harakatlangan.
Germaniyaning Shtendal shahri prokuraturasi Bugatti Chiron avtomobilini soatiga 417 km tezlikda boshqargan Radim Passerga nisbatan surishtiruv boshladi, deb xabar berdi The Local.
Chexiyalik Radim Passer YouTube kanalida poygalarga bag‘ishlangan videoroliklarni joylashtiradi.
"Xavfsizlik va yaxshi sharoit uchun Xudoyimdan minnatdorman", – deb yozgan Passer rolikka izohida.
Videoda spidometr soatiga 417 km tezlikni ko‘rsatayotgani aks etgan. Avtomobil Berlin-Magdeburg magistralida harakatlangan.