Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Yevropaga yadro qurolini tashiy oladigan bombardimonchi samolyotlarini joylashtirdi
Ma’lumot berilishicha, Angliyadagi Ferford aviabazasiga to‘rtta bombardimonchi samolyot yetib kelgan.
AQShning yadro qurolini tashiy oladigan B-52H Stratofortress strategik samolyotlari Buyuk Britaniyaning Ferford aviabazasiga yetib keldi, deb xabar berdi “Interfaks”.
G‘arb aviatsion resurslarining ma’lumotlariga ko‘ra, Angliyaga to‘rtta bombardimonchi samolyot joylashtirilgan.
"B-52H Stratofortress samolyotlari, yordamchi jihozlar va Maynot aviabazasining 5-bombardimonchi qanoti shaxsiy tarkibi Angliyadagi Ferford bazasiga yetib keldi", - deyiladi AQShning Yevropadagi qo‘mondonligi xabarida.
Avvalroq Ferford aviabazasiga AQSh harbiy-havo kuchlarining C-5 Galaxy harbiy-transport samolyoti texnika va harbiylarni olib kelgandi.
Mavzuga oid
20:11
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
21:12 / 25.06.2026