Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim hokimlar poraxo‘rlik, tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘ygan - Prezident ishlamagan rahbarlarga chora qattiq bo‘lishini aytdi
Shahar va tumanlar rivoji tanqidiy tahlil qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi yakunida hokimlar va sektor rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda shahar va tumanlardagi dolzarb iqtisodiy-ijtimoiy masalalar ko‘rsatib o‘tildi. Ayrim hokimlar poraxo‘rlik, tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘ygan, odamlar dardiga be’tibor bo‘lgan. Zarur mablag‘lar ajratilgan bo‘lsa-da, ichimlik suvi, issiqlik va elektr ta’minotini yaxshilash ishlari sust tashkil etilgan.
Suv tejovchi texnologiyalar joriy qilish uchun ajratilgan subsidiya mablag‘lari maqsadsiz ishlatilgan. Viloyat banklarida muammoli kreditlar hajmi ortgan, kreditlarni noto‘g‘ri ajratish, imtiyozli kreditlarga mo‘ljallangan mablag‘larni talon-taroj qilish holatlari aniqlangan. Yo‘l-transport hodisalari, jinoyatlar soni oshgan.

O‘z faoliyatida mas’uliyatsizlikka, jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun bir qator tuman hokimlari, hududiy idoralar rahbarlari vazifasidan ozod qilindi. Kamchiliklarni bartaraf etib, tadbirkorlikni rivojlantirish, mahallalar farovonligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
«Marralarimiz juda yuqori, xalqimiz bizdan amaliy natijalar kutyapti. Mana, bugun 10 ta rahbarni ishdan oldim. Bundan buyon ishlamagan rahbarlarga chora juda qattiq bo‘ladi. Bundan hamma xulosa qilishi kerak», - dedi davlat rahbari yig‘ilish yakunida.


Shu bilan prezident Samarqand viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Mavzuga oid
18:28 / 28.05.2026
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini Xitoy kompaniyasi quradi. Loyiha qiymati - 2 mlrd 185 mln dollar
17:12 / 27.05.2026
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini qurish tenderida Xitoy kompaniyasi g‘olib bo‘ldi
15:54 / 25.05.2026
«HUMO VIZA» markazi rahbari va ish boshqaruvchisi qamoqqa olindi
11:20 / 25.05.2026