Jahon | 21:26 / 10.02.2022
10711
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyevning qizi va kuyovi Germaniyada 100 mln yevrolik ko‘chmas mulklarga egaligi ma’lum qilindi

Dinara va Timur Kulibayevlar Germaniyadagi to‘rtta hashamatli obektni sotib olgan.

Foto: Reuters

Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi va kuyovi Germaniyada qiymati 100 mln yevrodan ortiq ko‘chmas mulklarga egalik qiladi, deb xabar berdi Deutsche Welle.

Nashrning yozishicha, Dinara va Timur Kulibayevlar bu mamlakatdagi to‘rtta hashamatli obektni sotib olgan.

Baden-Baden kurortida joylashgan Zeyelax qo‘rg‘oni ularga tegishli hisoblanadi. Bu yer XIX asrda rus diplomati Mixail Xreptovichning qarorgohi bo‘lgan. Shuningdek, ikkita tarixiy yodgorlik: arxitektor Gustav Shtroning villasi va Byulerxeye qal’a-mehmonxonasi ham Kulibayevlarga tegishli.

Nashrning ma’lumot berishicha, saroy hududida landshaft parki, fontanlar, ming kvadrat metrli spa-zona mavjud. 

Avvalroq Nazarboyevning kichik qizi Aliya Londonda 300 mln dollarga qasr sotib olgani ma’lum qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid