Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi
Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havoni janubiy Ural hududlaridan kirib kelgan nam va sovuq antitsiklon belgilaydi. Respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi. Tog‘larda qor yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin.
Foto: Kun.uz
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Qoraqalpog‘iston va Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Havo harorati 2-7 daraja iliqdan oshmaydi.
Hafta o‘rtasigacha sovuq antitsiklon ta’siri saqlanib turadi. Respublika hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Asosan kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuqqacha, respublikaning shimolida 8-10 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha kuchsiz shamolli quruq ob-havo saqlanib turadi. Tungi sovuqlar zaiflasha boshlaydi, kunduz kunlari esa havo harorati 8-11 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
14 fevraldan 18 fevralgacha respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.