Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytiriş jamğarmasi faoliyatini taşkil etiş vazifalari körib çiqildi. Joriy yilning yanvar oyida xususiy investorlarni Jamğarma faoliyatida iştirok etişga jalb qiliş uçun ITB “roud-şou” ötkazgani aytib ötildi. Tomonlar şu yilning ikkinçi çoragida jamğarma faoliyatini yölga qöyiş maqsadida taşkiliy va moliyaviy masalalarni jadal hal qiliş böyiça faol iş olib borişga sodiqligini bildirdi.

ITB bilan 2023-2025 yillarga möljallangan yangi hamkorlik dasturini birgalikda işlab çiqiş töğrisida kelişuvga erişildi. Hamkorlikning ustuvor yönalişlari yuzasidan fikr almaşildi, ular qatorida aholi bandligi va malakasini oşiriş, hududlar va qişloq joylarda xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytiriş, yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş va startaplarni qöllab-quvvatlaş, suv ta’minoti tizimlari, kanalizatsiya, kommunal va transport infratuzilmasini modernizatsiya qiliş kabi yönalişlar belgilab olindi. 

ITB tomonidan Arab muvofiqlaştiriş guruhi bilan hamkorlikda yaratilgan SmartED yangi moliyalaştiriş mexanizmidan foydalangan holda ta’lim tizimini takomillaştirişning dolzarbligi alohida ta’kidlandi.

Ma’lumot uçun, SmartEd dasturi qiymati 500 million dollardir. Dastur “Ta’lim sohasida global hamkorlik” moliyaviy platformasi tomonidan taqdim etilgan 100 million dollarlik grant moliyalaştiriş paketini, şuningdek, imtiyozli moliyalaştiriş paketini öz içiga oladi va ITBga a’zo mamlakatlarda ta’lim loyihalarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.

ITB rahbariyati, şuningdek, savdoni moliyalaştiriş hamda mamlakat tijorat banklari bilan hamkorlik qilişning boşqa moliyaviy vositalarini işga solib, Özbekistonda kiçik biznes va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşni kengaytiriş imkoniyatlarini körib çiqişga tayyorligini bildirdi.

Odamlar ziç, qişloq va çekka hududlarda yaşovçi aholi uçun ta’lim sifatini yuksaltiriş maqsadida Özbekiston hududlaridagi 400 ta maktabni rekonstruksiya qiliş dasturini amalga joriy etiş böyiça ITB tomonidan qöşimça mablağ ajratişning istiqbollari muhokama qilindi.

Özbekiston tomoni ITBning alohida çegara ötiş punktlari imkoniyatlarini oşiriş va samaradorligini yuksaltirişda texnik yordam körsatiş hamda yöl harakati xavfsizligini boşqariş tizimini takomillaştirişga qaratilgan taşabbusini qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Uşbu sohaning bugungi holatini tahlil qiliş hamda bu yönalişda ilğor innovatsion işlanmalar va amaliyotlarni joriy qiliş böyiça takliflar işlab çiqiş uçun Özbekistonga ekspertlar guruhini yuboriş töğrisida kelişuvga erişildi.