Norma’ning yozişiça, Özbekiston va Islom taraqqiyot banki (ITB) örtasida 2021 yil 4 sentabrda "Özbekiston onkologiya muassasalarini modernizatsiya qiliş (II bosqiç)" loyihasini moliyalaştiriş uçun 5 yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga jami 80 million AQŞ dollari miqdorida qarz bitimi imzolangan.

Loyihaning II bosqiçini 2022-2026 yillarda amalga oşiriş doirasida onkologiya muassasalarini quriş, rekonstruksiya va modernizatsiya qiliş, ularni jihozlaş uçun 110 turdan ortiq tibbiy va diagnostik asbob-uskunalar xarid qiliş, onkologiya xizmati salohiyatini tubdan oşiriş, soha mutaxassislarini öqitiş va tayyorlaş va boşqa tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

  • Soğliqni saqlaş vazirligi loyihani öz vaqtida amalga oşiriş hamda muvofiqlaştiriş, şuningdek, ITB qarzidan maqsadli va samarali foydalaniş böyiça mas’ul ijro etuvçi organ hisoblanadi;
  • Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi "Özmedimpeks" mas’uliyati çeklangan jamiyati loyiha doirasida tuzilgan şartnomalar böyiça kontragent hisoblanadi;
  • ITBning qarz mablağlarini qaytariş, şu jumladan qöşimça (ustama) va foizlar, boşqa tölovlar bilan boğliq xarajatlar Özbekiston respublika budjeti mablağlari hisobidan qoplanadi.

Şuningdek, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • "Özbekiston onkologiya muassasalarini modernizatsiya qiliş (II bosqiç)" loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy körsatkiçlari;
  • "Özbekiston onkologiya muassasalarini modernizatsiya qiliş (II bosqiç)" loyihasi böyiça Islom taraqqiyot bankining qarz mablağlarini qaytariş, şu jumladan qöşimça haq (ustama) va foizlarni tölaşning prognoz jadvali;
  • "Özbekiston onkologiya muassasalarini modernizatsiya qiliş (II bosqiç)" loyihasi doirasida jalb etilayotgan qarz mablağlarining sarflaniş yönalişlari taqsimoti.

Loyihani amalga oşiriş doirasida xarid qilinadigan va olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) tölanişi lozim bölgan QQS Davlat budjeti mablağlari hisobidan tölanadi. Bunda, soliq va bojxona imtiyozlari qöllanişi yoki budjet mablağlari hisobidan tölab berilişi natijasida iqtisod qilingan mablağlar Özbekistonning loyihani amalga oşirişga qöşgan uluşi sifatida hisobga olinadi.