Özbekiston Islom taraqqiyot banki (ITB) bilan mamlakatdagi ta’lim va yöl infratuzilmasini yaxşilaş böyiça loyihalarni moliyalaştiriş yuzasidan ikkita grant bitimini imzoladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berişiça, 16 fevral kuni Ar-Riyod şahrida (Saudiya Arabistoni) boş vaziri örinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov ITB prezidenti Muhammad Al Jasser bilan uçraşdi. Muloqot davomida tomonlar Özbekistonda transport infratuzilmasi va ta’limni rivojlantiriş, jumladan, ularda zamonaviy loyihalarni amalga oşiriş masalalarini muhokama qildi.

Imzolangan birinçi bitimga köra, mamlakatda ta’lim sifati va samaradorligini oşirişga qaratilgan SmartED loyihasi amalga oşiriladi. Buning uçun bank 160,25 mln dollar ajratadi.

Loyiha doirasida inklyuziv ta’lim talablari asosida mamlakat böyiça jami 58 ta umumiy örta ta’lim maktabi quriladi. Ulardagi sinflar laboratoriya jihozlari, raqamli texnika va mebellar bilan ta’minlanadi. Hujjat öquv qöllanmalarini yangilaş, pedagoglarni tayyorlaş dasturlarini takomillaştiriş, baholaş metodikasini qayta körib çiqiş va 2026 yilgaça barça maktab öquvçilarini inklyuziv ta’lim tizimi bilan qamrab olişni nazarda tutadi.

Imzolangan ikkinçi bitimda esa Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod va Sardoba tumanlaridan ötuvçi A-373 avtomobil yölini rekonstruksiya va modernizatsiya qiliş belgilangan. Buning uçun 138,8 mln dollar yönaltiriladi.

Transport talablarini qondiriş uçun umumiy uzunligi 37 km bölgan yöl qismi törtta yölakkaça kengaytiriladi. Bu 2030 yilgaça yölga ketadigan vaqtni 30 daqiqagaça qisqartirişi va avariya holatlarini taxminan 40 foizga kamaytirişi kutilmoqda. Loyihaning amalga oşirilişi mintaqalar va qöşni davlatlar örtasidagi transport aloqasini yaxşilab, savdo va turizmni rivojlantirişga yordam berişi qayd etildi.