Özbekiston Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi va Islom taraqqiyot banki örtasida 40 million dollarlik grant şartnomasi imzolandi. Bu haqda vazir Hilola Umarova xabar berdi.

Qayd qilinişiça, vazirlik vakillari Saudiya Arabistonining Ar-Riyoz şahrida Human Capability Initiative 2025 xalqaro forumida iştirok etmoqda. Forumning ilk kunida Özbekiston Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi va Islom taraqqiyot banki örtasida 40 million dollarlik grant şartnomasi imzolangan.

Loyihaning asosiy yönalişlari esa quyidagiça:

- respublikamiz böyiça 58 ta yangi inklyuziv maktab qurilişi;

- maktablarni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlaş;

- öqituvçilar malakasini oşiriş böyiça dasturlar;

- inklyuziv ta’limni rivojlantiriş;

- öquv dasturlarini takomillaştiriş;

- maktabgaça ta’lim sifatini oşiriş.

Grant Global Partnership for Education (GPE) dasturi doirasida ajratiladi.