Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda bank muassasalarida firibgarlik va talon-toroj qilish holatlari fosh etildi
Nishon tumanida “Mikrokreditbank” ATB sobiq mutaxassisi fuqarolarning 200,4 million so‘m pulini o‘zlashtirib yuborgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Nishon tuman bo‘limi tomonidan “Mikrokreditbank” ATB Nishon filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda aniqlanishicha, filialining sobiq mutaxassisi J.G‘. “Humo markazi” bazasiga bank bankomatidan mijozlarga naqd pul berilmagani sababli yechib olingan pullarini plastik kartalarga qaytarib berish haqida sobiq boshqaruvchining nomidan soxta murojaatlar yuborgan.
So‘ng mijozlarning plastik kartalarini o‘zining qo‘l telefoniga ulab, jami 200,4 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, departamentning Qarshi tuman bo‘limi tomonidan “Mikrokreditbank” ATB Qashqadaryo viloyat mintaqaviy filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda, fuqaro Sh.I. ruhiy nosog‘lom fuqaro X.A.ni “R.A.” MChJga rahbar sifatida qayta rasmiylashtirib, MChJga ajratilgan 300 million so‘m kredit mablag‘ini naqdlashtirish orqali talon-toroj qilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:35 / 08.07.2026
Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
21:10 / 30.06.2026
Al Kaponedan Gulnora Karimovagacha: “Kir pullar” qanday yuviladi?
11:00 / 27.06.2026