«Uzbekistan Airways» uzoq masofaga uchishga mo‘ljallangan birinchi Airbus A321LR samolyotiga ega bo‘ldi
“Uzbekistan Airways” AJ uzoq masofaga uchishga mo‘ljallangan birinchi Airbus A321LR havo kemasini qabul qilib oldi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, shu tariqa “Uzbekistan Airways” AJ Airbus’ning ushbu rusumdagi layneriga ega Markaziy Osiyodagi birinchi operatorga aylandi.
Ushbu samolyot 188 yo‘lovchiga (biznes-klassdagi 16 o‘rin, ekonom klassida 172 o‘rin) mo‘ljallangan va CFM International LEAP-1A dvigatellari bilan jihozlangan.
A321LR - bu A320neo’ning uzoq masofaga uchishga mo‘ljallangan versiyasi bo‘lib, ko‘proq yonilg‘i saqlash uchun uchta qo‘shimcha markaziy bak tufayli 7400 km.gacha parvozlarni amalga oshira oladi.
Avvalgi avloddagi samolyot rusumlari bilan solishtirganda, modelning yonilg‘i sarfi, CO2 chiqindilari va har bir o‘rindiq uchun foydalanish xarajatlari 30 foizga kamayadi.
Bugungi kunga qadar butun dunyo bo‘ylab 300 dan ortiq mijozlarga 10 000 dan ortiq A320 samolyotlari yetkazib berilgan.
Avvalroq, Airbus 255 ta A321 samolyotidan yetkazib berishga shartnoma imzolagandi.
Airbus konserni Dubay aviasalonida Indigo Partners investitsion jamg‘armasi egalik qiluvchi bir qator aviakompaniyalar bilan shartnoma imzolaganini e’lon qilgandi. Shartnoma doirasida aviakonsern 4 ta aviakompaniya — Wizz Air, Frontier, Volaris va JetSMART’ga tor fyuzelyajli A321 samolyotidan 255 ta yetkazib beradi.
Kompaniyalarga samolyotning A321neo va A321XLR modellari yetkaziladi. Jumladan, Vengriyaning Wizz Air kompaniyasi 102 ta, AQShning Frontier kompaniyasi 91 ta, Meksikaning Volaris kompaniyasi 39 ta va Chilining JetSMART kompaniyasi 23 ta samolyot oladi.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 18:24
-
Ochiqlik talablarini bajarmagani uchun 2024 yilda 5 nafar mansabdor jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 18:17
-
Apple bu yil 20 dan ortiq mahsulot chiqarishni rejalashtirmoqda
Fan-texnika | 17:40
-
Xitoyda 35 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qatl etildi
Jahon | 17:36
Mavzuga oid
17:03
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
11:49 / 19.01.2025
Uzbekistan Airways’ning yana bir samolyotida texnik nosozlik kuzatildi
17:14 / 15.01.2025
Vnukovo aeroportiga qo‘nishda UzAirways samolyotining dvigateli ishdan chiqdi. Uchoq muvaffaqiyatli qo‘ngan
19:59 / 12.01.2025