Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxtaobodda 186 nafar xotin-qizlarning 500 milliondan ortiq ish haqlari to‘lanmagan
Andijon viloyati Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam xodimlariga 2021 yilning iyul-avgust oylari davomida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinganligi uchun oyliklar to‘lab berilmagan.
Andijon viloyati Adliya boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, tibbiyot birlashmasi tomonidan ixchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalari tashkil etish choralari ko‘rilmaganligi oqibatida tuman Tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam xodimlarining barchasi 2021 yilning iyul-avgust oylari davomida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan. Biroq ularga ish xaqi to‘lanishi rad etilgan.
Hozirda o‘rganish natijalariga muvofiq tibbiyot xodimlariga jami 686 750 658 so‘m qo‘shimcha ish xaqi to‘lanadigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
20:41 / 06.07.2026
SSV: Andijonda 5 nafar egizak dunyoga keldi
10:45 / 06.07.2026
Andijonda soxta «keshbek» sxemasi fosh etildi
16:44 / 29.06.2026
Andijonda Malibu piyodalar yo‘lidan o‘tayotgan uch kishini urib ketdi
13:57 / 25.06.2026