Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahrida sodir bo‘lgan YTHda Cobalt va Mercedes o‘zaro to‘qnashdi
Katta tezlikda harakatlanib beton to‘siqdan oshib o‘tgan Cobalt mashinasining motori Mercedes bilan to‘qnashuvdan avval joyidan uzilib tushgan.
Foto: IIB axborot xizmati
Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 17 fevral kuni soat 01:45 da Samarqand shahar Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida Cobalt va Mercedes mashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Cobalt mashinasi katta tezlikda harakatlanib kelib boshqaruvni yo‘qotgan va beton to‘siqdan oshib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga o‘tib ketgan. So‘ng ro‘parasidan kelayotgan Mercedes mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda har ikkala mashina haydovchilari og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Cobalt mashinasi belgilangan tezlik me’yorlarini buzgan holda harakatlangan va yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilganda uning motori uzilib tushgan. Shuningdek, o‘zaro to‘qnashuv tufayli mashinalarning ikkalasi ham yaroqsiz holga kelgan.
Qayd etilishicha, hozirda voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:45 / 05.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
11:30 / 05.04.2026
Samarqand tramvayi - faqat nostalgiya emas, odamlarga nafi tegayotgan tizim
15:24 / 02.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi
21:12 / 29.03.2026