O‘zbekiston | 17:10 / 18.02.2022
15629
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: «Hech qachon men uchun biror yerni tayyorlanglar demayman»

Ayni paytda prezident Shavkat Mirziyoyev Yangihayot va Sergeli tumanlarida bo‘lib turibdi. Tumanlar faollari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Kecha tunda televizordagi lavhani ko‘rdim. Kechasiyoq bu masalani o‘rgandim. Ochig‘i, ko‘rganlarim Yangihayot tumaniga munosib emas. Bu tumanning hokimining ismi ham Hayot. Menga faqat chiroyli joylarni ko‘rsataman, deb urinmanglar. Hech qachon men uchun biror yerni tayyorlanglar demayman, menga bahoni o‘sha joylardagi xalq bersin.

Menga yaxshini ko‘rsatish shart emas, yaxshisi o‘zimizning yutug‘imiz. Yomonini ko‘rsataylik va buning ustida ishlaylik. Hokim va sektor rahbarlari bu masalada ishlasin, unday uyatli joylar tarixda qolishi kerak”, – dedi prezident.

Masala bo‘yicha so‘zga chiqqan hududiy rahbarlar bu manzaralar Toshkent viloyatida shaharga qo‘shilgan hududlar ekanligi, tez orada bu yerda obodonlashtirish ishlari olib borilishini bildirdilar.

Shuningdek, prezident ta’lim masalasiga yana bir bor to‘xtaldi:

“Mana, bugun yirik fabrika rahbari bilan gaplashdim. Ayting, nima muammo desam, “Muhtaram prezident, eng katta muammo kadrlar, chet eldan mutaxassislar chaqirib ishlataman. Ayrimlariga 5-10 ming dollar oylik beryapman”, deyapti. To‘g‘ri, chunki biz ta’limga e’tibor bermadik. Qani endi ana shu oyliklarni o‘zimizning qorako‘zlar olsa”, – deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid