Toşkent viloyati hududidan olti yil oldin Sergeliga qöşilgan 13 ta mahallada 14,5 ming xonadon bor, ularda 50 mingdan ortiq aholi yaşaydi. Lekin bu hududlar aholisi haligaça şahar muhitini töliq his qilgani yöq, dedi prezident Şavkat Mirziyoyev 4 iyun kuni Sergeliga taşrifi vaqtidagi yiğilişda.
Davlat rahbariga köra, mazkur mahallalarda yoritiş uçun 629 ta temir-beton ustun örnatilib, kabel tortilgan. Ammo tizim hali işga tuşmagani tanqid qilindi. Mutasaddilarga 10 kun muddatda uşbu masalani hal qiliş topşirildi. Şuningdek, yil yakunigaça uşbu mahallalarni kanalizatsiya tarmoğiga töliq ulaş vazifasi qöyildi.
Sergeli tumanida aholi va tadbirkorlarning soni oşgani sababli elektr energiyasiga yillik talab beş yilda 40 foizga köpaydi. Ayrim mahallalarda elektr kuçlanişi me’yordan 1,5-2 barobar pastligi qayd etildi.
“Şaharoldi”, “Özgariş” va “Qumariq” nimstansiyalarini işga tuşiriş uçun jami 107 milliard söm ajratilgan. Mutasaddilarga uşbu obektlarni aniq muddatlarda işga tuşiriş va aholiga kafolatli elektr ta’minotini yölga qöyiş vazifasi qöyildi.
Umuman, poytaxtning Bektemir, Mirzo Uluğbek, Sergeli, Yaşnobod va Yangihayot tumanlariga ötgan 46 ta mahallada elektr, suv, kanalizatsiya va yöl böyiça birorta hal etilmagan masala qolmasligi kerakligi ta’kidlandi.








