Jahon | 09:27 / 19.02.2022
19270
2 daqiqa o‘qiladi

Putin zaxiradagi rossiyaliklarni harbiy yig‘inlarga chaqirish haqida farmon imzoladi

Vladimir Putin zaxirada hisobda turgan Rossiya fuqarolarini 2022 yilda harbiy yig‘inlarga chaqirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Foto: RIA Novosti / Aleksandr Melnikov

«2022 yilda zaxiradagi Rossiya fuqarolari Rossiya Qurolli Kuchlari, davlat xavfsizlik organlari va federal xavfsizlik xizmati organlarida harbiy yig‘inlardan o‘tishga chaqirilsin», — deyiladi hujjatda. 

Farmonga muvofiq, hukumat va mintaqaviy hokimiyatlar yig‘inlar o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi. 

Harbiy xizmatga chaqirish - bu fuqarolarni Qurolli Kuchlar va boshqa qo‘shinlar saflariga qonun bilan belgilangan harbiy vazifalarni bajarish uchun jalb qilish, armiyani shakllantirishning ajralmas qismi.

Zaxiradagi rossiyaliklarning yig‘inlari jangovar mahoratni oshirishga qaratilgan. Bu rejalashtirilgan tadbir, u har yili o‘tkaziladi. 

Zaxiradagilarga chaqiruv har uch yilda bir marta bo‘lishi mumkin. Ular uchun yig‘inning maksimal muddati ikki oyni tashkil qiladi, shu bilan birga, zaxiradagi fuqaro butun vaqt davomida xizmatda 12 oydan ko‘p bo‘lmagan vaqtni o‘tkazishi mumkin. O‘rtacha hisobda zaxirada bo‘lganlarning chaqiruvi yiliga bir marta amalga oshiriladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid