O‘zbekiston | 14:54 / 19.02.2022
1262
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda 4 kishi mahalladoshini dalaga olib chiqib do‘pposlab, oyog‘ini sindirib tashladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumanida yashovchi fuqaroni to‘rt nafar mahalladoshi dalaga olib chiqib do‘pposlagani va oyog‘ini sindirib tashlagani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Munosabatda yozilishicha, 2022 yil 14 fevral kuni soat 21:25 larda Qarshi tumani “Ko‘chkak” MFYda yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan R.N.ni mahalladoshlari O‘.Sh., H.O., T.A. va Sh.O‘.lar telefon orqali uyidan chaqirib olishgan.

So‘ng uni O‘.Sh. boshqaruvidagi Damas mashinasiga mindirib, Qarshi tumani “Guliston” MFY hududidagi dala maydoniga olib borishgan. U yerda to‘rt kishi R.N.ni do‘pposlashgan va oyoqlarini sindirishgan. Oqibatda, R.N. turli darajada tan jarohatlari olgan.

Ijtimoy tarmoqlardagi xabarlarda ma’lum qilinishicha, jabrlanuvchi Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga yotqizilgan. Uning tanasida turli darajadagi tan jarohatlari aniqlangan.

Qayd etilishicha, 2022 yil 15 fevral kuni mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid