Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona vodiysining ayrim hududlari 20 fevral kuni elektr energiyasidan uzilishi mumkin
Ta’mirlash ishlari sabab Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida 20 fevral kuni elektr energiyasi ta’minotida uzilish kuzatiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, bahor mavsumida vodiy iste’molchilarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida 500 kVli L-503 elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Xususan, 20 fevral kuni soat 09:30 dan 16:00 ga qadar Farg‘ona vodiysini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli L-503 elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan vodiyning ayrim hududlarida ushbu vaqt oralig‘ida elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
«Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:40 / 07.07.2026
Neft mahsulotlari zaxiramiz 2−3 oy uchun yetarli - Energetika vazirligi
14:31 / 25.06.2026
Energetika vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
16:15 / 22.06.2026
“Quyoshli xonadon” doirasida fuqarolarga pul to‘lanmayapti. Rasmiy idoralar sukutda
15:08 / 21.06.2026