100 million dollarlik şaxsiy samolyot, banklar va telekanallar, milliard dollarlik naqd pullar, Qozoğistondagi eng haşamatli mehmonxonalar, köplab savdo markazlari va golf maydonçasi. Şuningdek, omborlar, makaron zavodi va hatto obodonlaştiriş kompaniyasi. Eng kamida umumiy qiymati 8 milliard dollarga teng bölgan uşbu biznes va aktivlar örtasida heç qanday aniq boğliqlik yöqdek tuyulişi mumkin, ammo ularning barçasi Qozoğistonning uzoq yillik rahbari Nursulton Nazarboyevga bevosita aloqador. Bu haqda OCCRP tadqiqotçi jurnalistlar uyuşmasi ötkazgan suriştiruv ma’lumotlarida keltirib ötilgan.

Qayd etilişiça, bu ulkan boyliklarni özlaştirişda Nazarboyev törtta xususiy xayriya jamğarmasidan tarkib topgan ğayrioddiy mexanizmdan foydalangan. Jamğarmalar «millat otasi»ning uzoq yillik hukmronligi davrida, göyoki Qozoğiston xalqiga yordam beriş uçun oçilgan. Ammo bu taşkilotlar bolalarga sovğalar tarqatiş yoki qozoq tilini ommalaştiriş çoğida ham önlab tadbirkorlik sub’yektlaridagi uluşlarni yaşirinça tarzda qölga kiritgan.

Jamğarmalar notijorat taşkilot sifatida taşkil etilgani bois, Nazarboyevning özi ulardagi katta mablağlarga rasman egalik qilmaydi. Biroq OCCRP bilan boğlangan bir qança yuridik ekspertlarga köra, Qozoğiston qonunçiligi xususiy jamğarma asosçisi taşkilotdagi barça aktivlari ustidan yakuniy nazoratga egaligini inkor etmaydi. Jamğarmalar tomonidan xarid qilingan aktivlar uçun qança miqdorda pul tölangani ham noma’lum, sababi oddiy korxonalardan farqli ölaroq, jamğarmalar özlarining yillik hisobotlarini e’lon qilmaydi.

Milliardlab dollarlik aktivlarga ega jamğarmalar

Nazarboyev prezidentlik davrining sönggi ön yilligida milliardlab dollarlik aktivlarga ega bölgan fondlar yaratişni boşlagan.

Ulardan biri, «Foundation of the First President of the Republic of Kazakhstan – Elbasy» jamğarmasi bölib, bir neça yil avval jamoat fondi sifatida taşkil etiladi, biroq 2011 yilda u «xususiy» deb qayta tasniflandi va Nazarboyev uning asosçisi sifatida qayd etildi (Fond 2021 yilda tugatilgan).

2009 va 2010 yillarda yana ikkita xususiy jamğarma – «Nazarbayev Foundation» va «Nursultan Nazarbayev Foundation»ga asos solingan. 2013 va 2021 yillarda yana ikkita «Demeu» («Yordam») va «Elbasy» («Millat yetakçisi») jamğarmalari tuziladi.

Jamğarmalarning öxşaş nomlari va faoliyati haqida hisobot beriş usuli ularni bir-biridan farqlaşni yanada qiyinlaştiradi.