Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi sobiq rahbari Karim Masimov qölga olindi. Bu haqda taşkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi mamlakat jinoyat kodeksi 175-moddasi 1-bandi (davlatga xiyonat) ayblovi böyiça suriştiruv boşlagan. Iş doirasida Milliy xavfsizlik qömitasi sobiq rahbari Karim Masimov va yana boşqa şaxslar qölga olingan.
«Tergov olib borilayotgani sabab boşqa ma’lumotlar oşkor qilinmaydi», deyiladi Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi rasmiy saytida. Masimov 6 yanvar kuni öz lavozimidan ozod etilib, uning örnini sobiq Davlat qöriqlaş xizmati rahbari Yermek Sagimbayev egallagandi. Masimovning birinçi örinbosari lavozimida işlagan Nursulton Nazarboyevning jiyani bölmiş Samat Abiş ham işdan olingan.
1965 yilda tuğilgan general-leytenant Karim Masimov 2016 yil 8 sentyabrdan Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasini boşqarib kelayotgandi. Mutaxassisligi böyiça huquqşunos bölgan Masimov 2007-2012 hamda 2014-2016 yillarda Qozoğiston boş vaziri, 2012-2014 yillarda Qozoğiston prezident administratsiyasi rahbari bölib işlagan.


















