Avvalroq davlatga xiyonatda gumonlanib qölga olingan Qozoğiston milliy xavfsizlik qömitasi rahbari Karim Masimovning ikki nafar sobiq örinbosari hibsga olindi. Bu haqda mamlakat milliy xavfsizlik qömitasi matbuot xizmatiga tayanib Interfaks xabar bermoqda.

"Qozoğiston Respublikasi milliy xavfsizlik qömitasi tomonidan qömita sobiq rahbari Karim Masimovga nisbatan davlatga xiyonat fakti böyiça sudga qadar tergov olib borilmoqda. Uşbu iş doirasida hokimiyatni kuç bilan egallaş va lavozim vakolatlarini suiiste’mol qilişga qaratilgan harakatlar böyiça qöşimça suriştiruv işlari boşlandi", - deyiladi qömita xabarida.

Xabarga köra, Masimovning sobiq örinbosari - "A" maxsus xizmati boşliği Anuar Sadikulov va qömita raisi örinbosari Daulat Yergojin hibsga olingan.

5 yanvar kuni Töqayev Yermek Sağimbayevni qömitaning yangi raisi etib tayinlagani ma’lum bölgandi. Bu lavozimda 2016 yildan buyon işlab kelgan Karim Masimov avvaliga işdan olingan, 8 yanvar kuni davlatga xiyonat qilişda gumonlanib qölga olingandi.

9 yanvar kuni Masimovning ikki örinbosari - Marat Osipov va Daulet Yergojin lavozimidan ozod etildi. Şuningdek, Töqayev farmoni bilan Anuar Sadikulov örniga Berik Kunanbayev tayinlangan.