Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qimmatbaho metall va toshlar bilan ishlovchi shaxslar uchun nazorat qoidalariga o‘zgartirish kiritiladi
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, qimmatbaho metallar – har qanday ko‘rinish va holatdagi, shu jumladan yombi va affinaj qilingan holatdagi, shuningdek xomashyodagi, qotishmalardagi, xomaki mahsulotlardagi, sanoat mahsulotlaridagi, kimyoviy birikmalardagi, qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlardagi, qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilaridagi, ishlab chiqarish hamda iste’mol parchalaridagi va chiqindilaridagi oltin, kumush, platina hamda platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy).
Qimmatbaho toshlar – tabiiy olmoslar, yoqutlar, zumradlar, sapfirlar, aleksandritlar, xom (tabiiy) va ishlov berilgan tarzdagi tabiiy marvarid. Qahraboning noyob hosilalari qimmatbaho toshlarga tenglashtiriladi.
Qayd etilishicha, yuqori mansabdor shaxslarga yaqin bo‘lgan shaxslar – yuqori mansabdor shaxslarga ijtimoiy va kasbiy jihatdan bevosita bog‘liq bo‘lgan jismoniy shaxslar.
Agar, mavjud mijozning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqasi borligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud bo‘lganida va unga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralar amalga oshirayotganligi oshkor bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralar amalga oshirmasdan maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya haqida xabar yuborilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Bir marotabalik naqd mablag‘lar bilan bog‘liq amalga oshirilgan operatsiyalar summasi bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravaridan oshgan taqdirda shubhali operatsiyalar deb topiladi va bunday operatsiyalar haqida belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi shart.
Mavzuga oid
08:58 / 25.05.2026
O‘zbekistonda arxiv xizmatlari ustidan nazorat kuchaytiriladi
18:00 / 06.05.2026
Qurilish obektlari videokamera orqali onlayn nazorat qilinadi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
12:29 / 26.03.2026