Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Toshkent» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Zangiota tumani Turkiston hududi, Tarnov mahallasini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi yerosti o‘rta bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqish (avariya) holati aniqlangan.
Shu sababli, 2022 yil 22 fevral kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar yuqorida ko‘rsatilgan manzilda 895 ta aholi xonadonida va 5 ta tabiiy gaz ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Mavzuga oid
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
22:18 / 04.06.2026