Xorazm viloyati, Gurlan tumani hokimi Murodjon Açilov iştirokida ötgan yiğilişda (19.02.2022) hokim kooperativlarga uyuşiş istagida bölgan fermerlarga qarata eskiça – avvallari köpçilik hokimlar fermerlarga qilib kelgan munosabat uslubida, ya’ni mensimasdan, “tepadan pastga” qarab, qöpol ohangda, senlab murojaat qildi.

Öz sözida hokim fermerlar iştirokidagi hamkorlik şakli – kooperatsiyani “böladigan narsamas” deb atadi, şu bilan birga “kooperatsiyani öşa vaqtda bizlar öylab topganmiz, ammo bu “pustoy” narsa” deya, mahalliy klaster bilan şartnoma tuzişga fermerlarni qat’iy ohangda çorlab: “Ertaga yomonotliq bölganing qoladi, yeringdan ajraganing qoladi”, “Boşqa-boşqa statyalar çiqib keladi” dedi.

Şuni ta’kidlaş kerakki, birinçidan, Fuqarolik kodeksining 354-moddasiga muvofiq, fuqarolar va yuridik şaxslar şartnoma tuzişda erkindir. Ya’ni heç kimning kimnidir majburiy ravişda, şu jumladan, fermerlarga ham şartnoma tuzdirişga haqqi yöq.

Ikkinçidan, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida”gi qonunning 34-moddasiga asosan, davlat organlari, boşqa taşkilotlar va ularning mansabdor şaxslari dehqon va fermer xöjaliklarining tadbirkorlik faoliyatiga, şu jumladan uşbu xöjaliklarning agrotexnika usullarini, yetiştiriladigan mahsulot turini tanlaşiga, bu mahsulotning bahosini hamda realizatsiya qiliş yönalişini belgilaşiga aralaşişga haqli emas.

Uçinçidan, Paxta-töqimaçilik klasterlari faoliyatini tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisidagi Prezident farmoniga asosan, fermer xöjaliklariga öz viloyatidagi istalgan paxta-töqimaçilik klasterlari bilan paxta xomaşyosini yetkazib beriş böyiça ixtiyoriy ravişda fyuçers şartnomalarini tuziş huquqi bor.

Törtinçidan, Fuqarolik kodeksining 123-moddasiga köra, zörlik, qörqitiş, bir taraf vakilining ikkinçi taraf bilan yomon niyatda kelişişi ta’sirida tuzilgan bitim, şuningdek fuqaro oğir holatlar yuz berişi tufayli özi uçun öta noqulay şartlar bilan tuzişga majbur bölgan, ikkinçi taraf esa bundan foydalanib qolgan bitim (asoratli bitim) jabrlanuvçining da’vosi böyiça sud tomonidan haqiqiy emas deb topilişi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 sentyabrdagi 383-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilar bilan tayyorlov, xizmat körsatiş taşkilotlari örtasida şartnomalar tuziş, ularni röyxatdan ötkaziş, bajariş, şuningdek ularning bajarilişi monitoringini olib boriş tartibi töğrisida”gi nizom talabiga asosan, tayyorlov taşkiloti (klaster) agrotexnika çora-tadbirlarini amalga oşirişdan bir oy oldin şartnoma tuziş uçun fermer xöjaligi joylaşgan xududga özining vakolatli vakilini yuborişi kerak.