Onasi vafot etgaç Rossiyada yolğiz qolib ketgan 9 yoşli qiz Özbekistonga qaytarildi. Bu haqda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

«Xorazmlik ayol voyaga yetmagan farzandi bilan joriy yilning iyun oyida işlaş maqsadida Rossiya Federatsiyasining Krasnodar ölkasiga boradi. Ona qişloq xöjaligi sohasida noqonuniy işlaş jarayonida ehtiyotsizligi va baxtsiz hodisa tufayli vafot etadi.

Marhum jasadi uning qarindoşlari tomonidan Özbekistonga olib kelingan, ammo hujjatlardagi muammo sabab farzandi Rossiyada qolib ketadi.

Uşbu masalada qarindoşlarining Taşqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaati asosida Agentlikning Krasnodardagi vakili hamda Xorazm viloyati filiali hamkorligida vafot etgan fuqaroning 2014 yilda tuğilgan farzandi G.B. toğasi X.B. hamrohligida Xorazm viloyati Gurlan tumaniga olib kelindi», deyilgan xabarda.