O‘zbekiston | 11:31 / 23.02.2022
5530
4 daqiqa o‘qiladi

Sud tizimida tayinlovlar: Nuriddin Murodov Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining raisi bo‘ldi

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 22 fevral kuni Kengashning navbatdagi yig‘ilishida vakolat muddati yakuniga yetgan ayrim sudyalarni mazkur lavozimda bo‘lishning navbatdagi 10 yillik muddatiga tayinlashga doir masala ko‘rib chiqildi.

Foto: Kun.uz

Tanlov yakuniga ko‘ra, Kengash qarori bilan:

  • Sattorov Alisher Yarashevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi 10 yillik muddatiga O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyasi lavozimiga;
  • Rahmonov Jamshid Kamolovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi 10 yillik, shundan 5 yil muddatga Toshkent harbiy sudining raisi lavozimiga;
  • Allayev Odil Ne’matovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi 10 yillik, shundan 5 yil muddatga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Tayloq tuman sudining raisi lavozimiga;
  • Ochilov Ulug‘bek Saydirasulovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi 10 yillik muddatiga Toshkent viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
  • Mullabayeva Go‘zal Muxtorovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi 10 yillik muddatiga Buxoro viloyat ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
  • Nabiyev Otabek Olimjonovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi 10 yillik muddatiga Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
  • Muhamedova Iroda Ergashevna – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi 10 yillik muddatiga Jizzax viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, ayrim sudyalarni vakolati muddati davriga qayta tayinlash masalasi ham muhokama etilib, Kengash qarori bilan:

  • Murodov Nuriddin Namozovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi;
  • Haydarov Alisher Abdumalikovich – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Jizzax viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Opayeva Gulchehra Urazaliyevna – sudyalik vakolati muddati davrining 5 yil muddatiga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Soliyev Sarvar G‘ayratjonovich – sudyalik vakolati muddati davrining 5 yil muddatiga Toshkent viloyati Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
  • Hasanov Oloviddin Rahimovich – sudyalik vakolati muddati davrining 5 yil muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Furqat tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
  • Sobirov Furqat Odiljonovich – sudyalik vakolati muddati davrining 5 yil muddatiga Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Baliqchi tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
  • Madaminov Baxtiyor Haydarovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqori Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Sattarov Omon Ilhomovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Mavzuga oid