Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Fashistlar kabi tongda hujum qilishdi» – Zelenskiy dushman jiddiy talafot ko‘rganini aytdi
Foto: Getty Images
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya mamlakat hududiga bostirib kirganidan keyin OAV uchun brifingda chiqish qildi.
«Harbiylarimiz keskin olishuvlarda ishtirok etishmoqda, armiyamiz yetarlicha kuchli. Dushmanga keskin qarshilik ko‘rsatyapmiz, ular jiddiy yo‘qotishlarga uchradi. Ukrainaga sharqdan, shimoldan, janubdan va havodan hujum qilishmoqda. Biz allaqachon vatanni himoya qilish qo‘lidan keladiganlarga qurol beryapmiz. Imkoni borlardan kasalxonaga borib qon topshirishni so‘raymiz.
Tadbirkorlar ukrainaliklar foydasiga ishlashi kerak. Qo‘liga qurol olib, vatanni himoya qiluvchi fuqarolarga qarshi Xavfsizlik va mudofaa kengashi tomonidan kiritilgan sanksiyalar bekor qilinadi. Bugundan boshlab Ukraina va Rossiya tarixning boshqa-boshqa tomonlarida. Rossiya davlati zulm yo‘lidan bormoqda, ammo ko‘p narsa rus xalqiga bog‘liq. Rossiya bilan diplomatik aloqalarimiz uzildi.
Rossiyadagi vijdonini yo‘qotmagan odamlarning har biri namoyishga chiqib, Ukrainaga qarshi urushga qarshilik qilishi vaqti keldi. Rossiya pastkashlarcha tong sahardan hujum qildi. Xuddi ikkinchi jahon urushida fashist Germaniyasi kabi», dedi Zelenskiy.
U ukrainaliklardan Rossiyadagi qarindoshlari, jamoatchilik vakillari bo‘lgan tanishlariga vaziyat aslida qanday ekanini aytib berishni so‘radi.
Mavzuga oid
11:00 / 03.11.2025
Zelenskiy Germaniyaga Patriot majmualari uchun minnatdorlik bildirdi
10:49 / 25.10.2025
Zelenskiy: RF neft sektoriga bosimni kengaytirish kerak
08:23 / 25.10.2025
Dmitriyev: Zelenskiy urushni tugatish sari katta qadam qo‘ydi
13:35 / 24.10.2025