Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RF mudofaa vazirligi Ukrainaning 74 harbiy obekti yo‘q qilingani haqida xabar berdi. Shundan 11 tasi aerodromlar
Foto: AR/TASS
Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy amaliyoti davomida Ukraina qurolli kuchlari infratuzilmasining quruqlikdagi 74 obekti yo‘q qilingan. Bu haqda «Interfaks» RF mudofaa vazirligiga asoslanib xabar berdi.
Vazirlikning tasdiqlashicha, hujumlar natijasida Ukraina harbiy-havo kuchlarining 11 aerodromi, uchta boshqaruv punkti, Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining tayanch punkti, shuningdek, 18ta S-300 va «Buk — M1» rusumli zenit-raketa majmualari radiolokatsiya stansiyalari yo‘q qilingan. Rossiyalik harbiylar jangovar vertolyot va «Bayraktar TB-2» rusumli to‘rtta uchuvchisiz uchish qurilmasini urib tushirgani ma’lum qilingan.
Harbiy amaliyotlar chog‘ida «texnik xatolik» tufayli rossiyaliklarning Su-25 shturmovigi qulagani, uchuvchi katapulta qilinib, bazaga qaytgani aytilgan.
RF mudofaa vazirligi rasmiysi Igor Konashenkov rossiyalik harbiylar «Ukraina shaharlariga ham, ijtimoiy obektlar va ukrain harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari orasida qurbonlar bo‘lmasligi uchun harbiy garnizonlarga ham zarba bermayotgani»ni aytgan.
Mavzuga oid
19:16 / 20.01.2026
Ukraina bo‘ylab yangi zarbalar: Kiyevda yana 6 mingta ko‘p qavatli uy issiqliksiz qoldi
15:47 / 20.01.2026
GFR hukumati: Ukrainadagi energiya ta’minoti falokatli holatga yaqin
14:58 / 20.01.2026
Rossiya aviakompaniyalari eski samolyotlar bir qismini qayta ishlatishga qaytarmoqda
15:08 / 17.01.2026