Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina prezidenti ofisi: rossiyaliklarning zarbalari oqibatida 40 dan ortiq harbiy xizmatchi halok bo‘ldi
Foto: Getty Images
Rossiyaning harbiy obektlar va boshqa muhim infratuzilma inshootlariga bergan zarbalari oqibatida Ukraina qurolli kuchlarining 40 nafardan ortiq harbiy xizmatchilari halok bo‘lgan. Bu haqda brifing chog‘ida prezident ofisi maslahatchisi Aleksey Arestovichga tayanib, «Ukrainskaya pravda» xabar bergan.
Ukraina hukumati tinch aholi orasida ham 10 nafar qurbon borligini ma’lum qilgan.
Avvalroq Ukraina ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Gerashchenko Odessa va Sumsk oblastlarida, shuningdek Mariupol shahrida tinch aholi orasida qurbonlar borligini ma’lum qilgandi.
Arestovichning so‘zlariga ko‘ra, eng jiddiy to‘qnashuvlar Donbassda davom etmoqda. Shuningdek, u Qrim, Chernigov va Xarkov yo‘nalishlarini ham xavfli yo‘nalishlar sifatida qayd etgan. Maslahatchining so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘nalishlarda rus harbiylari Ukraina hududi bo‘ylab ichkari harakatlanmoqda.
Avvalroq Rossiya mudofaa vazirligi Ukraina aviabazalaridagi Ukraina qurolli kuchlarining havo hujumidan mudofaa tizimlari «bostirilgani» haqida ma’lum qilgandi. Vazirlik Ukraina shaharlariga hujumlar qilinganini rad etgan va Ukraina Xavfsizlik xizmatini «axboriy provokatsiya» tayyorlashda ayblagandi.
Ukraina tomoni Rossiya harbiylari ham katta yo‘qotishlarga uchrayotgani haqida ma’lum qilgan, mamlakat mudofaa vazirligining so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklarning kamida olti samolyoti, bir necha vertolyotlari va o‘nga yaqin tanklari yo‘q qilinganini xabar qilgan.
Mavzuga oid
07:55 / 09.05.2026
Ukraina Moskvadagi parad paytida Qizil maydonga zarba bermaydi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
20:44 / 08.05.2026
Ukraina «sulh»ning birinchi kunida Rossiya bo‘ylab yuzlab dron uchirdi
18:10 / 08.05.2026