2021 yilda xalq ta’limi tizimida kamida 27 mlrd so‘m o‘g‘irlangani ma’lum qilindi
2021 yilda ta’lim muassasalarida 91,1 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan. Shundan 27,1 mlrd so‘mi – jami moliyaviy xato va kamchiliklarning 30 foizi o‘zlashtirilgan, ya’ni o‘g‘irlangan, deya ma’lum qildi vazir o‘rinbosari.

Foto: KUN.UZ
Bugun, 25 fevral kuni Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida vazir o‘rinbosari Temur Komilov umumta’lim tizimida 2021 yilda yo‘l qo‘yilgan moliyaviy xato va kamchiliklar haqida ma’lumot berdi.
“Vazirlikning ichki audit xizmati tomonidan 2021 yil davomida ta’lim muassasalarida 91,1 mlrd so‘mlik moliyaviy xato-kamchiliklar aniqlandi. Shundan 27,1 mlrd so‘mi – jami moliyaviy xato va kamchiliklarning 30 foizi o‘zlashtirilgani, ya’ni o‘g‘irlangani aniqlandi”, dedi XTV rasmiysi.
O‘rganishlar natijasida 161 ta holatda jami 76 mlrd so‘mlik jinoyat alomatlari borligi uchun o‘rganish materiallari huquqiy baho berish va qonuniy choralar ko‘rish maqsadida huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.
“Misol uchun, Hisob palatasi boshchiligida o‘tgan yili Andijon viloyati Andijon shahrida o‘tkazilgan tekshirishda, xodimlarning daromad solig‘ini Davlat budjetiga o‘tkazmasdan, tizimda ishlamaydigan begona shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazish orqali 11,5 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgani aniqlandi”, deb ma’lumot berdi Temur Komilov.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda oilaviy bog‘cha tarbiyachisi 1,5 yosh bolaning oyog‘ini kuydirib qo‘ygani aytilmoqda
Jamiyat | 15:31
-
Rossiya qo‘shini Kiyevga raketa zarbasi yo‘lladi. Qurbonlar bor, o‘nlab kishilar yaralangan
Jahon | 15:26
-
General Popov 5 yilga qamaldi
Jahon | 15:09
-
Turkman xalqining milliy yetakchisi «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi
O‘zbekiston | 14:31
Mavzuga oid

21:00 / 26.01.2023
Ta’limdagi ishlarimiz nega samarasiz bo‘lmoqda? - ekspertlar bilan intervyu

22:53 / 24.01.2023
Toshkent shahridagi yana 12 ta maktabda 25 yanvardan ta’lim jarayoni boshlanadi

18:44 / 15.01.2023
Qashqadaryoda xalq ta’limi bo‘limining uch nafar mansabdori qamoqqa olindi

18:24 / 22.11.2022