2022 yilda maktablarni keng polosali internet tarmoğiga ulaş maqsadida davlat budjetidan jami 4,4 mlrd söm mablağ ajratilgan. Ammo Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bu pullar vaqtida özlaştirilmagani sabab hozirgi kunda 3 mingdan ortiq umumta’lim maskani Wi-Fi qurilmalari bilan ta’minlanmagan. Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida şu masalaga ham töxtalib ötildi.

Xalq ta’limi vaziri örinbosari Temur Komilovning aytişiça, budjetdan ajratilgan summalar tender savdolari keçikişi tufayli vaqtida özlaştirilmagan.

«Hozirgi kunda 9 ta lot bölsa, ba’zi lotlarimiz böyiça ikki martalab qayta tender savdolari ötkazilişi holatlari yuzaga keldi. Balki bozorni marketingga örgatayotganda yetarli iş olib bormagandirmiz, bu oqlaş ma’nosida emas. Bugungi kunda barça yönalişlar böyiça tanlov savdolari yakunlanib, ğoliblari e’lon qilingan. Şartnomalarning hammasi rasmiylaştirilgan», deydi vazir örinbosari.

Şundan söng Qonunçilik palatasi spikeri Nuriddinjon Ismoilov maktablarning kerakli qurilmalar bilan hanuzgaça ta’minlanmayotganiga tender savdolari ikki marta ötkazilişi asos bölmasligini ta’kidladi.

«Qança maktabda Wi-Fi yöq – deyapsiz, buni gapirişning özi uyat. Keragiça mablağ ajratib turilibdi, bir vaqtlar mablağ berilmasdi. Endi mablağ berilsa ham özlaştirilmayapti», – dedi u.

Vazir örinbosariga köra, şu yilning söngigaça 3 ming 200 ta maktab Wi-Fi qurilmalari bilan töliq ta’minlanadi, 800 ta maktabga elektron doskalar hamda rivojlaniş dasturi doirasidagi qolgan qurilmalar yetkazib beriladi.