Putin ukrain harbiylarini hokimiyatni qo‘lga olishga chaqirdi
U Moskva banderachilardan ko‘ra, harbiylar bilan kelishishi oson bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.
Ukraina hududida rossiyaliklar Ukraina qurolli kuchlarining doimiy qismlari emas, balki asosan millatchi tuzilmalar bilan to‘qnashmoqda. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida prezident Vladimir Putin ma’lum qildi. U Ukraina qurolli kuchlarini hokimiyatni o‘z qo‘liga olishga chaqirdi.
«Rossiya armiyasining asosiy to‘qnashuvlari, kutilganidek, Ukraina qurolli kuchlarining doimiy qismlari bilan emas, balki millatchi tuzilmalar bilan kechmoqda, qaysiki Donbassdagi genotsid va xalq respublikalarning tinch aholisi qoni to‘kilishi uchun javobgar bo‘lgan guruhlar», degan u.
Bundan tashqari, uning ma’lumotiga ko‘ra, «doimiy qismlar tarkibiga kiritilgan milliy elementlar nafaqat qolganlarni qurolli qarshilik ko‘rsatishga undaydi, balki boshqalarning taslim bo‘lishining oldini olish vazifasini ham o‘taydi».
Rossiya prezidenti neonatsistlar aholi turar joylari hududiga og‘ir qurollarni joylashtirib, terrorchilardek harakatlanayotganini aytgan.
«Yana bir bor Ukraina qurolli kuchlari harbiy xizmatchilariga murojaat qilaman. Neonatsistlar va benderovchilar sizlarning bolalaringiz, rafiqalaringiz va qariyalardan jonli qalqon sifatida foydalanishiga yo‘l qo‘ymang. Hokimiyatni o‘z qo‘lingizga oling! Aftidan, Kiyevda o‘tirib olib, Ukraina xalqini garovga olgan bu narkoman va neonatsistlar to‘dasidan ko‘ra, sizlar bilan kelishish osonroqqa o‘xshaydi», degan Putin.
U Ukrainadagi voqealarda xorijlik, jumladan amerikalik maslahatchilar ham qatnashayotgani to‘g‘risida ma’lumotga egaligini qo‘shimcha qilgan.
«Rossiya askarlari va zobitlariga yuqori baho bermoqchiman, ular xalqimiz va vatanimizni himoya qilish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli uddalamoqda», degan shuningdek Putin.
Mavzuga oid
12:57
AQSh prezidenti Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar yetkazib berilishini ma’qulladi
08:31
AP: AQSh Ukrainaga 275 mln dollarlik harbiy yordam ajratmoqda
22:05 / 19.11.2024
Endi bizda ATACMS bor, undan foydalanamiz - Zelenskiy
20:58 / 19.11.2024