O‘zbekiston | 12:00 / 25.02.2022
11781
3 daqiqa o‘qiladi

Strategik harakat: avtosanoat logistika inqirozini qanday yengib o‘tmoqda?

Foto: UzAuto Motors

“UzAuto Motors” ishlab chiqarish sur’atlarini bosqichma-bosqich oshirib bormoqda.

Dunyo bo‘ylab avtomobillar narxining ko‘tarilishi to‘xtashni o‘ylamayapti. Bir necha oy davomida dilerlar talabning pasayishini qayd etishdi, garchi u hali ham taklifdan oshib ketgan bo‘lsa-da; shunga ko‘ra, narxlarning o‘sish tendensiyasi davom etmoqda.

Logistika muammolari avtosanoatdagi inqirozga sabab bo‘lgan oxirgi omil emas edi. Misol uchun, yetkazib berishdagi uzilishlar tufayli Rossiya AvtoVAZ ishlab chiqarish faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi va mahsulot qatorini jiddiy ravishda qisqartirdi, bu, albatta, daromadga juda salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Hammasi bo‘lib, 2021 yilda Rossiyadagi avtomobilsozlik korxonalari logistika ta’minoti buzilishi tufayli o‘tgan yilga nisbatan 7,7 million dona kam avtomobil ishlab chiqargan.

Barcha yirik kompaniyalar shu kabi qiyinchiliklarga duch keldi.Masalan, 2021 yil bahorida Hyundai o‘zining Janubiy Koreyadagi asosiy korxonasi ishini bir haftaga kechiktirdi va Volkswagen butun dunyo bo‘ylab deyarli 100 mingta avtomobil ishlab chiqarishdan voz kechishga majbur bo‘ldi. Ford va Toyota uchun vaziyat yaxshi emas. Hatto General Motor AQSh, Kanada va Meksikadagi uchta zavodida ishlab chiqarishni vaqtincha sekinlashtirdi, Janubiy Koreyadagi zavodlarida esa o‘tgan yili ishlab chiqarish ikki baravar kamaydi.

Hozircha ekspertlar ijobiy prognozlar berishni xavf ostiga qo‘ymaydi, chunki iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ishdagi qiyinchiliklar tufayli yuzaga kelgan COVID’dan keyingi shokdan asta-sekin uzoqlashayotgan bo‘lsa-da, avtosanoat hali ham titrayapti. Avtomobillar uchun navbatlar saqlanib qolmoqda.

“UzAuto Motors” uzoq vaqt davomida ishlab chiqarishning barqaror darajasini saqlab qolishga harakat qilib, logistikadagi uzilishlarni muvaffaqiyatli yengib kelmoqda. Biroq sohaga doimiy bosim ostida kompaniya boshqa yirik o‘yinchilarni kuzatib, ma’lum avtomobil modellarini ishlab chiqarish uchun arizalarni qabul qilishni to‘xtatib qo‘yishga majbur bo‘ldi. Xullas, o‘tgan yilning 20 dekabridan beri xaridorlar Nexia, Spark, Cobalt, Lacetti avtomobillariga buyurtma bera olmayapti. Ammo bu vaqt ichida kompaniya xodimlari diqqatini oldindan buyurtma qilingan avtomobillarni yaratishga qaratishga muvaffaq bo‘lishdi.

Bunday strategik qadam muhim rol o‘ynadi, chunki “UzAuto Motors” 2022 yilning yanvar oyida o‘z faoliyatini sezilarli darajada yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, Cobalt avtomobilini ishlab chiqarish kuniga o‘rtacha 342 donadan 420 donagacha (+23 %), Lacetti ishlab chiqarish esa 262 donadan 360 donagacha (+30 %) oshdi. Bundan tashqari, payvandlash sexi ishida rekord ko‘rsatkichlar qayd etildi. Ustaxonada kuniga 457 ta kuzov ishlab chiqariladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid