“UzAuto” komplayens-tizimi: kiritilgan yangiliklar va erishilgan natijalar
“UzAuto” O‘zbekiston Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari vakillari ishtirokida sanoatda 440 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni tejashga imkon bergan o‘zining takomillashtirilgan Komplayens tizimini bosqichma-bosqich joriy etish natijalarini taqdim etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yildagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida korrupsiyaga qarshi kurashishda jamiyatning barcha a’zolari “halollik vaksinasi” bilan emlanishi kerakligi ta’kidlangandi.
Amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi hamda qo‘yilgan barcha maqsadlarga erishish uchun har bir soha faoliyati qonunchilik va adolatga asoslanishi kerak.
Shu maqsadda, 2019 yilda “UzAuto”da xalqaro standartlar va milliy qonunchilikka muvofiq Komplayens tizimi joriy etildi. U ikki bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqichda Komplayens tizimi faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy bazasi yaratildi.
2021 yilda Komplayens tizimining ikki yillik faoliyati sarhisob qilinib, tizimning korrupsion sxemalar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hamda kompaniya samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi to‘qqizta asosiy yo‘nalishi aniqlandi.
Komplayens tizimi faoliyatining to‘qqizta asosiy yo‘nalishi:
- Xaridlar;
- Ta’minot;
- Mahalliylashtirish;
- Ishlab chiqarish;
- Marketing;
- Moliya va iqtisod;
- Kadrlar;
- Xavfsizlik;
- Raqamlashtirish.
Tahlil natijalariga ko‘ra, 2021 yilda klassik Komplayens tizimi tubdan isloh etildi –korrupsiyaning oldini olish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish sohaga har bir yo‘nalish uchun tor doiradagi mutaxassislar jalb qilindi, ular bilan birgalikda “UzAuto Motors” Komplayens tizimining shaxsiy modeli ishlab chiqildi.
Sohaga moslashtirilgan Komplayens tizimining joriy etilishi natijasida qisqa vaqt mobaynida tizimning samaradorligini tasdiqlovchi bir qator hayratlanarli natijalarga erishildi:
Xarid qilish tizimini o‘rganish natijasida tovar va xizmatlarning 54,8 mlrd so‘mlik asossiz xarajatlarning oldini olishga yordam berdi;
Tarkibiy ishlab chiqarish korxonalarining 2022-yil uchun biznes-rejalarini optimallashtirish 42,2 mlrd so‘m mablag‘ning asossiz sarflanishi va ish vaqti qisqartirdi;
Ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish va uni yanada optimallashtirish xarajatlarni 7,8 mlrd so‘mga qisqartirdi;
Avtomobillarni eksport qilishda transport vositalarining konstruksiyasi xarajatlarini optimallashtirish xarajatlarni 71,7 mlrd so‘mga kamaytirish imkonini berdi;
12 ta korxonada 22 ta mahalliylashtirish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha takliflar kiritilishi xarajatlarni 15,3 mlrd so‘mga qisqartiradi;
Inson resurslarini optimallashtirish xarajatlarni 2 mlrd so‘mga qisqartirdi.
242,6 mlrd so‘mlik 41 ta moliyaviy firibgarlik va o‘g‘irlik holatlari aniqlanib, ularning oldi olindi. Hujjatlar tegishli idoralarga yuborildi.
Bundan tashqari, Komplayens tizimi tomonidan sohadagi huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan samarali chora-tadbirlar natijasida pandemiya, global mikrochiplar va logistika inqirozi davridan yo‘qotishlarsiz chiqib olishga muvaffaq bo‘lindi
Natijada “UzAuto Motors” ishlab chiqarishni to‘xtatmagan holda, ish o‘rinlarini qisqartirmay, butun pandemiya davrida narxlarni o‘zgartirmagan dunyodagi yagona avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biriga aylandi.
Erishilgan natijalar “UzAuto Motors” Komplayens tizimining samaradorligini tasdiqlaydi, bu esa uni korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash, xarajatlarni optimallashtirish va butun jamoada huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlikni shakllantirishning ishonchli vositasiga aylantiradi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:08 / 13.07.2023
UzAuto Motorsʼning Asakadagi zavodi qachon ishga tushirilishi ma’lum qilindi
15:58 / 24.03.2023
“UzAuto”: Bozor sharoitida daromadli ishlab chiqarish
18:55 / 22.03.2023
UzAuto: Nurafshonda Navro‘z sayli! Yangilanish, mehr-oqibat ayyomi xalqimizni birlashtiradi
17:00 / 02.03.2023