Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi ortidan Ğarb Rossiyani SWIFT’dan uziş masalasini keng muhokama qilmoqda. SWIFT nima özi? Uning ahamiyati qançalik yuqori? Telegramdagi MacroBS kanali şu haqda yozdi.
SWIFT dunyo böyiça 11 mingdan ortiq moliyaviy institutlarni birlaştiruvçi axborot almaşiş tizimi hisoblanadi. Belgiyada joylaşgan va Yevropa Ittifoqi qonuni böyiça faoliyat yuritadi.
Alohida aytiş kerakki, SWIFT tölov tizimi emas, balki axborot almaşiş vositasi. Oddiyroq aytganda, öz a’zolariga xabarlar yuboriş imkonini beruvçi çat yoki telegramdagi katta bir guruhga öxşatiş mumkin.
Uning kölami şu darajada kattaki, mazkur kommunikatsiya yordamida kuniga milliardlab davlatlararo tranzaksiyalar amalga oşiriladi.
SWIFT’dan u yoki bu davlatni uziş odatda AQŞ yoki Yevropa davlatlari öz duşmanlarini qattiqroq jazolamoqçi bölgan payt kötariladi.
Aslida siyosiy bölmagan bu tizim şuning uçun ham köp tanqidga uçraydi. Ya’ni bu tizim Ğarb manfaatlariga yon bosadi deb qaraladi*.
Rossiya qançalik bu tizimga boğliq?
SWIFT ahamiyati şundaki, bu tizim Rossiyaning 30 foiz eksportini taşkil etuvçi neft mahsulotlari uçun tölovlar kelib tuşişini ta’minlaydi.
Hisob kitoblarga köra, SWIFT’ga ulangan Rossiyaning 291 a’zosining pul oqimlari jami pul oqimlarining 1,5 foizini taşkil etadi. Mazkur tizimda yuboriluvçi xabarlar soni böyiça Rossiya dunyoda 6-örinda turadi.
Bu juda katta raqam – Rossiyaning yillik ötkazma hajmi 800 mlrd dollarga yetişi mumkin. Bu Rossiya Yalpi içki mahsulotining yarmidan biroz köp degani.
SWIFT muqobili mavjudmi?
Nazariy jihatdan – ha bor. Biroq agar tez, işonçli va oson pul ötkazişni xohlasang, unda yöq.
Nima uçun boşqa şunday tizimda buning imkoni past? Bu AQŞ dollarining kuçi bilan boğliq.
Global tölovlarning yarmi, xalqaro savdoning 90 foizi AQŞ dollarida amalga oşiriladi. SWIFT orqali yuborilgan xabar böyiça dollardagi tölovlar odatda bir-biri bilan özaro hisobraqamga ega bölmagan banklar örtasida amalga oşiriladi. Buning uçun odatda AQŞ tölov tizimiga ulangan ma’lum bir korrespondent bank iştirok etadi.













