Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona shahrida MChJga tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishga sharoit yaratib berilgani aniqlandi
“Hududgaz Farg‘ona” Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan ohak ishlab chiqarish sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishga sharoit yaratib berilgani oqibatida davlat manfaatiga 180 million so‘m zarar yetkazilgan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filialining Farg‘ona shahar bo‘limi mas’ul shaxslari “B.T.” xususiy korxonasining ohak ishlab chiqarish sexida o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunasi ko‘rsatkichiga tashqaridan aralashib o‘zgartirish kiritib foydalanilishiga sharoit yaratib bergan.
Buning natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 180 million so‘m zarar yetkazilgani hamda MChJ rahbarining kafolat xatiga asosan tarmoqqa qayta ulangani haqida soxta dalolatnoma rasmiylashtirilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Andijonda fuqaro tabiiy gaz hisoblagichisiz, gaz tarmog‘iga polietilen quvur yordamida noqonuniy ulanib, ohak ishlab chiqarishi oqibatida gaz ta’minoti tashkilotiga 90 millionga yaqin zarar keltirgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
12:53 / 24.06.2026
“Nogironligi bor bolalarimizni sarson qilishyapti” – Farg‘onadagi Muruvvat uyida maxsus guruh yopildi
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
21:11 / 30.05.2026