Makron Putindan tinch aholiga zarba berishni to‘xtatishni so‘radi. Putin urushni yakunlashi uchun shartlarini ilgari surdi

Foto: Emmanuel Macron / Facebook
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron telefondagi muzokaralar chog‘ida RF prezidenti Vladimir Putindan urushni va Ukrainaning tinch aholisiga zarba berishni to‘xtatishni so‘radi. Bu haqda fransuzlar yetakchisining tvitterida ma’lum qilingan.
Bundan tashqari, Makron Putinni Ukrainadagi avtomobil yo‘llari xavfsizligini ta’minlash hamda mamlakatdagi fuqarolik infratuzilmalarini saqlab qolishga chaqirgan.
O‘z navbatida, Kremldagilarning xabar berishicha, fransuz tomoni Rossiyaning «Donbass himoyasi bo‘yicha maxsus operatsiyasi» bo‘yicha «ma’lum qarashlarni ifodalagan», shuningdek, «Kiyev bilan muloqot va muzokaralar orqali hozirgi mojaro tezroq hal qilinishiga umid bildirgan».
Kreml xabarida aytilishicha, Putin Ukrainadagi mojaroni «Rossiyaning xavfsizlik sohasidagi qonuniy manfaatlarini so‘zsiz hisobga olgan holda» hal qilish mumkinligini aytgan. Bunday shartlar qatorida Rossiya prezidenti quyidagilarni sanagan:
- Rossiyaning Qrim ustidan suverenitetini tan olish;
- Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish;
- Ukraina davlatining neytral maqomini ta’minlash.
Putin Rossiya tomoni Ukraina vakillari bilan muzokaralar uchun ochiqligi va ular «zarur natijalarni keltirishi»ni kutishini qayd etgan.
«Rossiya prezidenti Rossiya qurolli kuchlari tinch aholiga tahdid solmayotgani va fuqarolik obektlariga zarba bermayotganiga alohida e’tibor qaratdi. Xavf aholidan jonli qalqon sifatida foydalanib, qasddan turar joy kvartallariga zarbdor qurollarni joylashtirayotgan va Donbassdagi shaharlarni o‘qqa tutayotgan ukrain millatchilaridan keladi», — deyilgan xabarda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33
-
AQShda demokrat siyosatchilarga hujum uyushtirildi, ulardan biri vafot etdi
Jahon | 21:27
-
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Tel-Avivga parvozlarni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 21:18
-
O‘zbekistonda nasiya savdo. Bir yilda bo‘lib to‘lash 1,5 barobargacha qimmatga tushadi
Iqtisodiyot | 21:03
Mavzuga oid

21:33
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi

18:00
Zelenskiy Ukraina tinchlik uchun qanday murosaga tayyorligini aytdi

13:18
YeI ukrainaliklar uchun vaqtinchalik himoyani 2027 yil martigacha uzaytirdi

12:36