Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva va Kiyev delegatsiyalari Belarusdagi muzokaralarni yakunladi. Yaqin kunlarda ikkinchi raund bo‘lib o‘tadi
Moskva va Kiyev delegatsiyalari Belarusning Gomel oblasti hududida tashkillashtirilgan muzokaralarning birinchi raundini yakunladi. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyakning bayonotiga asoslanib, BeLTA agentligi xabar berdi.
Muzokaralar olti soatga yaqin vaqt davom etgan. Podolyakning so‘zlariga ko‘ra, muhokamalardan maqsad Ukrainada o‘t ochishni va harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘lgan.
«Tomonlar ustuvor mavzularni belgilab olishdi, muayyan yechimlar belgilandi. Ularni amalga oshirish maqsadida tomonlar maslahatlashuv uchun o‘z poytaxtlariga jo‘nashadi», — degan Podolyak. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bilan muzokaralar og‘ir bo‘lgan, ammo «majburiy ultimatumlar»siz kechgan.
U delegatsiyalar yaqin vaqt ichida muzokaralarning ikkinchi raundini o‘tkazish imkoniyatini ham muhokama qilishganini qo‘shimcha qilgan.
RF delegatsiyasi rahbari, prezident maslahatchisi Vladimir Medinskiyning ma’lum qilishicha, tomonlar «umumiy pozitsiyalarni bashorat qilish mumkin bo‘lgan ba’zi nuqtalarni topishgan». Delegatsiyalar o‘z mamlakatlari rahbariyatlari bilan maslahatlashishadi va yaqin kunlarda muzokaralarni davom ettiradi. Keyingi uchrashuv Polsha-Belarus chegarasida tashkillashtiriladi.
- Rossiya Ukrainaga bosqinni 24 fevral kuni boshlagandi. 27 fevral kuni mamlakatlar muzokaralar o‘tkazishga kelishdi. Rossiya muzokaralarni Gomelda o‘tkazish Ukraina tomoni taklifi ekanini ma’lum qilgan.
- Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ruslarning Minskda uchrashish bo‘yicha ilk taklifidan keyin Kiyev Belarusdagi muzokaralarga bormasligi, chunki rossiyalik harbiylar aynan shu mamlakat hududidan Ukraina hududiga bostirib kirgani va raketalar otayotganini aytgandi va boshqa betaraf hududlarni - Varshava, Vena, Istanbul va Boku shaharlari variantlarini taklif qilgandi.
- Yakunda tomonlar Ukraina va Belarus chegarasida, Gomel oblasti hududida joylashgan, Pripyat daryosi bo‘yidagi qarorgohda uchrshishga kelishdi.
- Ukraina delegatsiyasi tarkibiga — Mixail Podolyak, shuningdek «Sluga naroda» partiyasining Oliy radadagi fraksiyasi rahbari David Araxamiya va Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov kirgan. Rossiya delegatsiyasi tarkibidan — Vladimir Medinskiy, shuningdek TIV, Mudofaa vazirligi hamda prezident administratsiyasidan vakillar bor.
Mavzuga oid
15:35 / 17.06.2026
OAVda Eron va AQSh o‘rtasidagi kelishuv loyihasi matni e’lon qilindi
18:52 / 16.06.2026
AQSh va Eron kelishuvi. Nimalar ma’lum?
19:50 / 24.05.2026
Rubio Eron bilan muzokaralarda «sezilarli o‘sish» borligini aytdi
13:10 / 03.05.2026