AQŞ va Eron özaro anglaşuv memorandumini kelişib oldi, u butun front böylab, şu jumladan Livanda 60 kunlik otaşkesim amal qilişi hamda Hörmuz böğozi kemalar qatnovi uçun oçilişini közda tutadi. Bu hujjat matni e’lon qilinmadi, uning aniq şartlari ma’lum emas. Erondagi manbalar memorandumda 14 ta band borligini aytişmoqda, ammo Amerika tomoni buni tasdiqlamagan. Memorandumni imzolaş marosimi 19 iyun kuni Şveytsariyada ötkaziladi. Şundan keyin 60 kun mobaynida tomonlar yakuniy tinçlik kelişuvi ustida işlaşi va bahsli masalalar, jumladan, Eron yadroviy dasturi böyiça kelişib olişi taxmin qilinmoqda. Isroil özini uşbu kelişuv iştirokçisi deb hisoblamayapti. Isroildagilar öz qöşinini Livandan olib ketmoqçi emas, şuningdek, «Hizbulloh» tomonidan hujum qilinadigan bölsa, javob qaytarişi haqida ogohlantirmoqda.
AQŞ tomoni nimalar dedi?
Donald Tramp AQŞ Eron portlariga nisbatan joriy etilgan harbiy-dengiz blokadasini bekor qilişini, Eron esa Hörmuz böğozini oçişini ma’lum qildi. «Butun dunyodagi kemalar, dvigatellaringizni işga tuşiring. Neftni oqizing!» – deya yozdi AQŞ prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmoğida. Ammo bu xabardan Hörmuz böğozi aynan qaçon va qanday şartlar asosida oçilişini bilib bölmaydi.
The New York Times gazetasiga bergan intervyusida Tramp Eron bilan kelişuv kemalarning Hörmuz böğozi orqali «doimiy ravişda bepul ötişi»ni ta’minlaşini aytgan. Tramp Xitoy raisi Si Jinping va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga neft inqirozini hal qilişga yordam bergani, «Hörmuz böğozi blokadasiga aralaşmagani» uçun minnatdorçilik bildirgan.
Trampning sözlariga köra, Eronning uranni boyitiş dasturi faqat harbiy bölmagan maqsadlar bilan çeklanadi. Biroq, bu masala böyiça hozirça kelişuv yöq. Tomonlar Eronda uranni boyitiş işlarini 20 yilga töxtatiş masalasida muzokaralar olib bormoqda. NYT yozişiça, Tramp «15 yillik muddatga ham rozi bölişini bildirgan».
Erondagilar nimalar dedi?
Eron davlat agentliklari manbalariga köra, anglaşuv memorandumi 14 banddan iborat. U butun front böylab, jumladan Livanda harbiy harakatlarni darhol va doimiyga töxtatişni, Amerika dengiz blokadasini töxtatişni, Hörmuz böğozini oçişni, şuningdek, Eronning xorijda muzlatilgan 24 milliard dollarlik aktivlari qaytarilişini öz içiga oladi.
Uşbu 14 bandda AQŞ bilan yakuniy kelişuv faqat uranni boyitiş, sanksiyalarni bekor qiliş va Eron iqtisodiyotini tiklaşga taalluqli bölişi, Eronning raketa dasturi va «qarşilik körsatiş kuçlari»ni qöllab-quvvatlaş masalalari (aftidan, Livandagi «Hizbulloh» kabi Eron proksi kuçlari nazarda tutilmoqda) muzokaralar kun tartibidan «mutlaqo çiqarib taşlanişi» ham ta’kidlangan.













