Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda umummilliy konstitutsiya imtihoni o‘tkaziladi
Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi:
- shaxs, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
- jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullarini joriy qilish;
- aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;
- yuridik ta’limni, shuningdek yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
- huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish.
Adliya vazirligining fuqarolarning konstitutsiyaviy bilimlarini oshirishga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish maqsadida respublika miqyosidagi umummilliy konstitutsiya imtihonini o‘tkazish taklifi ma’qullanadi.
2022 yil 1 sentyabrga qadar Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda umummilliy konstitutsiya imtihonini o‘tkazish uchun mavjud platformani quyidagilarni inobatga olgan holda modernizatsiya qiladi:
- platformada fuqarolarning yosh darajalari bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida (zarurat bo‘lganida boshqa tillarda ham) test sinovlarini ishlash imkoniyatini yaratish;
- oliy va o‘rta-maxsus yuridik ma’lumotli shaxslar uchun alohida test sinovlarini kiritish;
- har bir yo‘nalishlar bo‘yicha reytinglarni avtomatik hisoblash tizimini ishga tushirish;
- platforma foydalanuvchilarini jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami orqali identifikatsiya qilish imkoniyatini yaratish;
- platformaning mobil ilovasini ishlab chiqish.
2023 yil 1 dekabrga qadar aholining barcha qatlami uchun mo‘ljallangan «Yuridik kutubxona» elektron tizimi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi.
Mavzuga oid
10:09 / 24.04.2026
Universitetlar AI sabab imtihon tizimini o‘zgartirmoqda
23:33 / 17.04.2026
Maktablarda yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari sanasi belgilandi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
18:52 / 15.11.2025